+998 (78) 150-66-66 Yagona koll markaz

Subsidiya

Hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan talabni qondirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini ma’nan va jismonan eskirgan texnikalar o‘rniga zamonaviy va resurstejamkor texnikalar bilan ta’minlashni rag‘batlantirish xamda maxalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab quvvatlash maqsadida bir qancha qarorlar chiqargan.

Mazkur qarorlarga binoan “TTZ” MCHJ tomonidan ishlab chiqariladigan qishloq xo‘jaligi texnikalariga quyidagi subsidiyalar beriladi (PQ-7. 11.11.2021):

Qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15% miqdorida ajratiladigan subsidiya.

Bunda, ushbu subsidiya birinchi navbatda ushbu qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun jalb qilingan kredit yoki lizing bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirishga yo‘naltiriladi;

Kredit yoki lizing shartlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikalari xarid qilinganda foiz xarajatlari subsidiyasi. Bunda, foiz xarajatlarining 10% punktidan ortiq qismi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Ushbu subsidiya shartlari “TTZ” MCHJ korxonasi tarkibiga “AgroTech Klaster” brendi ostida qo‘shilayotgan korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun xam tadbiq etiladi.

 

Subsidiya olish uchun pastdagi havoladan foydalaning:

 

agrosubsidiya.uz